19 yoshli «Tottenxem» himoyachisi Luka Vushkovich o'z karerasini «Brighton»da davom ettiradi. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Brighton» xorvat futbolchisini 53,8 million evro va kelajakdagi qayta sotishdan foiz bilan to'liq sotib olgan. Bonuslarni hisobga olganda, kelishuvning umumiy summasi 58,5 million evrogacha yetishi mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, «Tottenxem» juda aqlbovar qilmaydigan kelishuvni amalga oshirdi. Faqat bir yil oldin «shporlar» Vushkovichni 11 million evroga sotib olib, uni «Gamburg»ga ijaraga bergan edi. Londondagi klubda himoyachi birorta o'yin o'ynamagan, lekin foydali tarzda sotilgan.
Hozirgi vaqtda Transfermarkt mutaxassislari Vushkovichning narxini 60 million evroga baholamoqda.




