Londondagi «Arsenal» qanot o'yinchisi Leandro Trossar «Beshiktash»ga o'tishga yaqinlashmoqda.

31 yoshli futbolchi turk klubi bilan shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi, deb xabar beradi The Athletic. «Kanonirlar» belgiyalikni 18 million evro va 2 million evro bonus evaziga sotishga rozi bo'lishdi. Agar kutilmagan holatlar yuz bermasa, o'yinchi Istanbul klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi, shuningdek, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Leandro Trossar 2024 yilning boshidan «Arsenal»da o'ynaydi. O'tgan mavsumda Belgiya terma jamoasi vakili Mikel Artetaning jamoasi safida 50 o'yinda 8 gol va 11 assist qayd etdi.