20 yoshli «Bournemouth» hujumchisi Eli Junyor Krupi «Tottenhem»da faoliyatini davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga e'tibor qaratgandan so'ng, «Tottenhem»ning Krupini sotib olish imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. O'z navbatida, futbolchi o'tish uchun tayyor.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kelajakda «shporlar» «Bournemouth»ga 20 yoshli fransuz uchun taxminan 100 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Krupi barcha musobaqalarda 35 o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi.

Avvalroq xabar berilganidek, Krupi Roberto De Dzerbi boshqaruvida o'ynashni xohlaydi, u o'tgan mavsum oxirida «Tottenhem»ni boshqargan.