«Arsenal» «Atletiko»dan hujumchi Xulian Alvaresning transferi ustida ishlamoqda. The Independent nashrida yakshanba kuni chiqgan maqolada «kanonirlar»ning transferni tezda, yozgi tayyorgarlik boshlanishidan oldin, yakunlash istagi haqida so'z yuritilgan.

Manba, Xulian Alvares transferi uchun raqobat «Atletiko»ning pozitsiyasi fonida kuchsizlanganini taxmin qilmoqda. Madrid klubi Xuliani «Barselona» yoki «Real»ga sotmaydi, «PSJ» esa argentinlik futbolchini sotib olish niyatisiz vaziyatni o'rganmoqda.

26 yoshli Xulian Alvares mutaxassislar tomonidan Transfermarkt portalida 100 million evroga baholangan.