Yarim himoyachi Joao Gomes bu yozda «Vulverxempton»ni tark etishi mumkin
Globo ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga yuqori darajadagi klublar qiziqish bildirmoqda. Qiziqayotgan jamoalardan biri «Liverpul»dir. «Qizillar» bu yozda Gomesning transferi bo'yicha taklif berishi mumkin.
Joao Gomes 2023 yilda «Flamenqo»dan «Vulverxempton»ga 18 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. Transfermarkt portali Gomesning narxini 40 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2025/26-yilgi mavsum yakunida «Vulverxempton» Angliya Premer-ligasida 20-o'rinni egalladi. Kelgusi mavsum «bo'rilar» Chempionshipda o'z o'rnini egallaydi.




