Norvegiya terma jamoasi va «Budyo-Glimt» klubi yarim himoyachisi Patrik Bergning karerasini Tumanli Albionda davom ettirish imkoniyatlari mavjud. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli yarim himoyachiga 5 ta ingliz klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga «Byornli», «Vest Xem», «Ipsvich», «Xall Siti» va «Koventri» klublari kurash olib boradi.
O'tgan mavsumda Patrik 29 ta o'yinda qatnashib, bir gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.
Bergning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi 8 million evro deb baholanmoqda.




