Argentinalik darvozabon «Aston Villa»dan Emiliano Martinez «Yuventus»ga o‘tmaydi, agar turinliklar o‘z takliflarini oshirmasa. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, «Aston Villa» 33 yoshli darvozaboni «Yuventus»ga oltita-yetti million evroga berishga tayyor emas. «Sherlar» Martinez uchun yuqoriroq summani talab qilmoqda, chunki u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi.
Martinez 2020 yildan buyon «Aston Villa»da o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda argentinalik 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.




