Braziliyalik yarim himoyachi «Nyukasl»dan Bruno Gimarayes hali ham Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, «kanonirlar» Gimarayes uchun 90 million evro taklif qilmoqchi. Biroq «Nyukasl» yarim himoyachini sotmoqchi emas, shuning uchun 120 milliondan kam takliflarni ko'rib chiqishga tayyor emas. Bruno esa jamoani tark etishni rejalashtirmoqda va «Arsenal»ga o'tishga qat'iy qaror qilgan, u bilan 2031 yilgacha shartnoma tuzishga rozi bo'lgan.
O'tgan mavsumda Gimarayes 41 uchrashuvda qatnashib, to'qqiz gol urdi va sakkiz golli uzatmalarni amalga oshirdi.
Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi avgustda boshlanadi.




