Yaponiyalik hujumkor yarimhimoyachi Daitsi Kamada «Kristal Pelas» bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Shartnoma shartlariga ko'ra, 29 yoshli xavbek «qushlar» formasida yana bir mavsum – 2027 yilgacha o'ynaydi.

Kamada 2024 yil yozida London jamoasiga qo'shildi. U Rimning «Latsio» klubidan xarid qilingan. «Kristal Pelas» safida yapon futbolchisi barcha musobaqalarda 89 ta o'yin o'tkazdi, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

«Qushlar» yangi Angliya Premer Ligasi mavsumidagi birinchi o'yinini 22 avgustda «Everton»ga qarshi o'tkazadi. O'tgan mavsumda Oliver Glasner boshqaruvidagi klub 15-o'rinni egalladi va Konferensiya Ligasi chempioni bo'ldi.