Xabi Alonso payshanba kuni «Chelsi»ning bosh murabbiyi lavozimida ish boshladi. Londondagi klubning matbuot xizmati Alonso jamoa bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazayotgan videoni namoyish etdi.
2026 yilning boshida Xabi Alonso «Real» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Madrid jamoasida Alonso faqatgina bir mavsumning yarmida ishladi. Matbuotda Xabining talabchanligi yulduzlar bilan yaxshi munosabat o'rnatishga yordam bermaganligi haqida xabarlar tarqaldi. «Real»dan oldin Alonso «Bayer»da muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Endi mutaxassis «Chelsi»da o'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» 1 yanvar kuni bosh murabbiyi Enzo Mareskani lavozimidan ozod etdi. Tez orada jamoani Liam Rosenyor boshqara boshladi, lekin mavsum tugagach, u klubni tark etdi.




