Markaziy himoyachi «Arsenal»dan Vilyam Saliba yetakchi Ispaniya klublarining diqqat markazida. Ushbu ma'lumotni CaughtOffside tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, «Real» va «Barselona» 25 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Biroq «Arsenal» fransuzni sotishga niyat qilmayapti va faqat 150 million evrodan oshiq takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Saliba 2019 yildan buyon «kanonirlar» safida o'ynaydi. O'tgan mavsumda u jamoasi bilan Angliya chempioni bo'ldi. Muvaffaqiyatli kampaniyada himoyachi barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazdi, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.

Salibaning «Arsenal» bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha amal qiladi.