Braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimarays «Nyukasl»da qolmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabarlariga ko'ra, tomonlar yangi shartnomada kelishib oldilar.
Avvalroq xabar berilganidek, «sorokalar» o'z yetakchisini «Arsenal»ga sotishdan bosh tortishdi va uning bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Yangi shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2028 yilda tugaydi.
O'tgan mavsumda Gimarays barcha musobaqalarda 41 marta maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi.
Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachini 70 million evroga baholamoqda.




