Alvaro Arbeloa murabbiylik faoliyatiga qaytdi. «Fulhem» 43 yoshli mutaxassisni jamoa boshlig'i etib tayinlaganini e'lon qildi. Arbeloa Londondagi klub bilan uch yilga – 2029 yil yozigacha – shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarimida Alvaro Arbeloa «Real»ni boshqargan edi. Biroq, yosh mutaxassis jamoani hech bo'lmaganda biror trofeyga olib kelishga muvaffaq bo'lmadi.

Futbolchi sifatida Arbeloa Angliyada «Liverpul» va «Vest Xem» jamoalarida o'ynagan.

O'tgan Angliya Premyer Ligasi mavsumini «Fulhem» turnir jadvalida 11-o'rinda yakunladi. Mavsum tugagach, «dacniklar» bosh murabbiyi Marku Silva lavozimini tark etdi va «Benfika»ni boshqarishga o'tdi.