«Yuventus»ning bosh direktori Djovanni Karnevali klubning transfer bozoridagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, «qadimgi xonim» Argentina terma jamoasining darvozaboni Emiliano Martinezning xizmatlariga qiziqmoqda.

«Martinez bizni qiziqtiradi, lekin u boshqa ko'plab klublarning ham e'tiborini tortmoqda. Imkoniyatlar ko'p bo'ladi. Ba'zi o'yinchilar allaqachon yuqori baholangan, ba'zilari esa bizning diqqatimizni talab qiladi», - deya Karnevalining so'zlarini keltirmoqda Football Italia.

O'tgan mavsumda Martinez, inglizning «Aston Villa»sida 44 o'yin o'tkazib, 49 gol o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan. 14 uchrashuvda esa u gol o'tkazmasdan o'ynadi. Uning jamoasi Yevropa ligasi g'olibi bo'ldi.

Transfermarkt portali 33 yoshli futbolchining bozor qiymatini 12 million evro deb baholamoqda.