23 yoshli «Chelsi» hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Delap yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo'l ostida o'zini sinab ko'rmoqchi. Faqat yangi urinishdan so'ng, futbolchi kelajagi haqida yana o'ylashi mumkin.

«Chelsi» Delapni o'tgan yozda «Ipsvich»ga 35,5 million evro to'lab sotib olgan. O'sha paytdan beri u 41 ta o'yin o'ynab, atigi ikki gol urdi. Shuningdek, hujumchining to'rt ta golli uzatmasi ham bor.

Angliyalik futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi.