Portugaliyalik qanot o'yinchisi «Milan»dan RafaeL Leau yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, hozirda Leau uchun «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va bir nechta Saudiya Arabistoni klublari kurash olib bormoqda. Leau bu yozda «Milan»ni tark etishi kutilmoqda. Italiyaning ushbu klubi uni 60 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, avvalroq futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirgan, lekin kataloniyaliklar «Nyukasl»dan Entoni Gordonni sotib olgach, uning xizmatlaridan voz kechishdi.
O'tgan mavsumda Leau barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda qatnashdi. Ushbu davrda u 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
«Barselona» Leau haqida ma'lumot so'radi
«Tottenxem»ga Portugaliya terma jamoasining yulduzi taklif qilindi




