Senegal terma jamoasi va «Kristal Pelas»ning hujumchi yarim himoyachisi Ismaila Sarr yozgi transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bunga Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘yinchini o‘z saflariga qo‘shmoqchi bo‘lgan «Manchester Yunayted»ga to‘sqinlik qilishni turinlik «Yuventus» rejalashtirmoqda. Senegal futbolchisining transfer narxi 40 million evro deb baholanmoqda. Uning «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozida tugaydi.
O‘tgan mavsumda Angliya Premer Ligasi doirasida 28 yoshli yarim himoyachi 28 o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.




