Misr hujumchisi Muhammad Salah hali «Liverpul»dan ketgach, karerasini qayerda davom ettirishini hal qilmagan. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yulduz forvard uchun asosiy da'vogarlar Saudiya Arabistoni klublari hisoblanadi. Shuningdek, Muhammadga Evropada va MLSda ham qiziqish bildirilmoqda.
Salah o'z ish joyi masalasiga Misr terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirokini tugatgandan so'ng e'tibor qaratadi. 1/8 finalda afrikaliklar Argentina jamoasiga qarshi o'ynaydi.
O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 34 yoshli forvard 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Salah 7 ta gol urdi va 7 ta assistga ega bo'ldi.




