«Nyukasl» yaqin kunlarda «Frayburg»ning yarimhimoyachisi Yohan Manzambi uchun birinchi rasmiy taklifni berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi transfer bo'yicha dastlabki aloqalarni o'rnatgan. 20 yoshli shveytsariyalik o'yinchi 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli chiqishi bilan e'tiborni tortdi. Hozirgi musobaqada Manzambi 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'z terma jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi.

20 yoshli o'ychining bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 50 million evroni tashkil etadi.