Italiyaning «Como» Londondagi «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobeni sotib olish uchun ikkinchi taklifini tayyorlamoqda. Sesko Fabregas boshqaruvidagi jamoa taklifni 30 million yevrogacha oshirishni rejalashtirmoqda, yana 5 million bonus sifatida qo'shiladi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Ushbu taklif «Chelsi»ni qoniqtirishi kerak, chunki «siniylar» o'z o'yinchisi uchun jami 35 million yevro olishni maqsad qilgan. «Como»ning dastlabki taklifi 26-27 million atrofida bo'lgan.
Chalobega boshqa italiyalik klub - milanlik «Inter»dan ham qiziqish saqlanmoqda.
«Como» o'tgan mavsum natijalariga ko'ra UEFA Chempionlar Ligasiga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Bir necha mavsum oldin ushbu klub Seriya A'da yo'q edi.




