Angliyaning «Fulhem» klubi Alvaro Arbeloani bosh murabbiy etib tayinlash haqida rasmiy e'lon bera olmayapti. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Klub hozirda ispan mutaxassisi uchun ish ruxsatnomasini olishni kutmoqda. Arbeloa bilan barcha asosiy kelishuvlar allaqachon amalga oshirilgan, londondagi jamoa yangi murabbiy uchun murabbiylar shtabini shakllantirishni davom ettirmoqda.
«Fulhem» Arbeloaning tayinlanishi haqida kelasi hafta e'lon berishni rejalashtirmoqda, shunda u yozgi tayyorgarlik boshlanishidan oldin ishga kirisha olsin. Futbolchilarni ta'tildan qaytarish iyul oxiriga rejalashtirilgan.
Avvalroq Arbeloa Madridning «Real» klubini boshqargan.




