Mashhur ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kaskorla 41 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

«Ba'zi hikoyalar tugamaydi. Ular abadiy qoladi. Hamma narsaga rahmat», - deb yozdi Kaskorla.

Yarim himoyachining so'nggi klubi «Real Ovyedo» bo'lib, Kaskorla 25 yil avval o'z faoliyatini shu klubda boshlagan. O'tgan mavsumda yarim himoyachi La Ligada 28 o'yin o'tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Avval Kaskorla Londondagi «Arsenal», «Vilyarreal», «Malaga» va Qatarning «Al-Sadd» klublarida o'ynagan.

Kaskorla Ispaniya terma jamoasi bilan ikki karra Yevropa chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u «Arsenal» bilan ikki marta Angliya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.