«Manchester Yunayted» «Bormut» yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqmoqda.

Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» futbolchini 59 million funt sterlingga transfer qilish taklifini berdi. Biroq, «vishnilar» bu taklifni rad etdi. Endi «Manchester Yunayted» futbolchini qo'lga kiritish uchun kattaroq summani taklif qilishi kerak.

Aleks Skott 2023 yilda «Bristol»dan «Bormut»ga 23 million yevro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 39 o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Skottning qiymati 50 million yevro deb baholanmoqda.