Portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereira o'zining «Nottingham Forest» klubidagi bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinishi haqida izoh berdi va klub rahbariyatining qarori uning uchun kutilmaganligini ta'kidladi.
U boshqaruvida «o'rmonchilar» APLda o'z o'rnini saqlab qolishdi va Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqishdi. Pereira bilan tuzilgan shartnomada muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati ko'zda tutilgan bo'lib, klub undan foydalangan, deb yozadi Independent.
«Bugun mening «Nottingham Forest»dagi bosh murabbiy sifatidagi faoliyatim yakunlandi. Ushbu ajoyib klub bilan bog'liq bo'lgan barchaga chin dildan rahmat aytmoqchiman. Garchi bu qaror men uchun kutilmagan bo'lsa-da va hech qanday ogohlantirishsiz qabul qilingan bo'lsa-da, men klubning kelajagi uchun eng yaxshi qarorlarni qabul qilish huquqini to'liq hurmat qilaman», - dedi Pereira.
«Albatta, men xafa va g'amginman. Biz birga qurayotgan loyiha haqida chin dildan ishonardim. So'nggi oylarda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanib, «Nottingham Forest»ni tark etyapman. Men bu klubni g'azab va xafa bo'lmasdan, faqat hurmat, minnatdorlik va ajoyib xotiralar bilan tark etyapman».
Pereira jamoani fevral oyida boshqarishni boshlagan va 18 oylik shartnoma imzolagan edi.




