«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba boshqa klublarning e'tiborini tortishda davom etmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, fransuz futbolchisini qo'lga kiritish uchun «Barselona» ham kurashga qo'shildi. «Ko'k-qizillar» «Real» va «PSJ» ga qo'shilib, o'yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. «Kanonirlar» o'z himoyachisini yo'qotishni xohlamaydi – London klubi Salibani 150 million evrodan kamroq narxda sotmaydi.

Vilyam Saliba 2019 yilda «Sent-Etyen» dan «Arsenal» ga 30 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda fransuz futbolchisi London klubida barcha turnirlarda 50 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.