«Tottenxem» «Nyuqasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonalini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub italiyalik futbolchini 90 million funt sterlingga sotib olish bo'yicha yangi taklif berdi. «Sorokalar» o'z futbolchisini sotishdan 100 million funt sterling daromad olishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Shuningdek, «Tottenxem» optimistik kayfiyatda.
Sandro Tonali 2023 yilda «Milan»dan «Nyuqasl»ga 60 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, uch gol urdi va yetti golli uzatma berdi.




