«Tottenxem» «Vest Xem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandesni sotib olish jarayonini yakunlamoqda. Oldinroq xabar berilganidek, klublar o'rtasida kelishuvga erishilgan – «shporlar» 85 million funt sterling (deyarli 99 million evro) to'laydi. Bu transfer «Tottenxem» tarixidagi eng qimmatli transfer bo'ladi. Tez orada 21 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga imzo qo'yadi.

Purtugalik futbolchi uchun «Manchester Yunayted» ham kurash olib borgan, ammo «qizil iblislar» «molotoboychilar»ning talablarini juda yuqori deb hisoblashdi.

«Tottenxem»ning hozirgi transfer rekordini o'tgan yili o'rnatilgan – Xavi Simons uchun 65 million evro.