«Chelsi» napadchi «Bornmut»dan Eli Junyor Krupiga qiziqish bildirgan nomzodlar ro'yxatini kengaytirdi. «Ko'klar» 20 yoshli futbolchi bilan uning vakillari orqali bog'langan, deb xabar beradi Transfer News Live CaughtOffside manbasi orqali. Londondagi klub o'tgan mavsumda forvardning o'yinidan hayratda qolgan.
Eli Junyor Krupiga shuningdek «Arsenal» va «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda. «Bornmut» istiqbolli o'yinchisini sotmoqchi emas va undan 100 million funt sterlingdan (116 million evro) ko'proq talab qilmoqda.
Yosh fransuz o'z hisobiga «vishenlar» safida o'tgan Angliya Premer-ligasida 33 o'yinda 13 ta gol urgan.




