Fransiya terma jamoasi va «Milan» darvozaboni Mayk Meniang top-klubga ishga joylashish imkoniyatiga ega. Bu haqda Milan News 24 jurnalistlari xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Londondagi «Chelsi» futbolchini o'z safiga qo'shib olishni xohlaydi. «Pensionerlar» vakillari fransuzning agentlari bilan joriy transfer oynasida o'tish imkoniyatlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Meniang «rossoneri» safida 2021 yilning yozidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt portalining ekspertlari 30 yoshli fransuzning bozor qiymatini 20 million evro deb baholamoqda.