Londondagi «Arsenal» klubida bosh murabbiy Mikel Arteta bilan hamkorlikni davom ettirishga shubha yo'q.

 «Kanonirlar» rahbariyati ispan mutaxassisi tez orada shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda, deb xabar beradi HandofArsenal. Yangi muzokaralar yozda o'tkaziladi. Murabbiyning klubning transfer ishlaridagi faol ishtiroki tomonlar o'rtasida yangi shartnoma tuzish istagini ochiq ko'rsatadi.

Mikel Arteta «Arsenal»ni 2019 yil dekabridan beri boshqarib kelmoqda. 44 yoshli murabbiy bilan poytaxt jamoasining amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.

O'tgan mavsumda «Arsenal» 2004 yildan beri birinchi marta Premyer-ligani yutdi.