RB Leypzigning qanot o'yinchisi Jan Diomande yozda nemis klubini tark etsa, PSGga o'tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, 19 yoshli Kot-d'Ivuar terma jamoasi o'yinchisi parijliklarning loyihasini eng jozibador deb hisoblaydi. Diomande klub prezidenti va bosh murabbiyining ishidan mamnun. Futbolchi PSGda muntazam ravishda sovrinlar uchun kurashish va kelajakda «Oltin to'p»ga da'vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonadi.

Avvalroq Diomandega jiddiy qiziqish bildirgan Liverpool o'yinchi uchun taxminan 100 million evro taklif qilishga tayyor edi. RB Leypzig bunday taklifni rad etdi va o'z yetakchisi uchun 130 million evro atrofida mablag' olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, nemis klubining rahbariyati ivuar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish umidini yo'qotmayapti. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.

O'tgan yozda Diomande Leganesdan Leypzigga o'tdi. U Bundesligadagi debyut mavsumida 33 o'yin o'ynab, 12 gol urdi va 9 golli uzatma berdi, bu esa jamoasining uchinchi o'rin va Chempionlar ligasiga chiqishiga o'z hissasini qo'shdi.

Hozirda Diomande Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida bo'lib, Norvegiya bilan jahon chempionati 1/16 final o'yiga tayyorgarlik ko'rmoqda.