Markaziy yarim himoyachi «Liverpul»dan Kyortis Jons «Nottinhem Forest»da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «o‘rmonchilar» «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan Elliott Anderson o‘rniga markaziy maydonga futbolchi qidirmoqda. «Nottinhem Forest»ning yarim himoyachi ro‘yhatida 25 yoshli Jons bor.

Avvalroq, ingliz futbolchisi Milanning «Inter» klubiga ham qiziqish uyg‘otgani haqida xabar berilgan edi, bu klubning taklifi «qizillar» tomonidan ikki marta rad etilgan.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 49 o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.