«Chelsi» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Malo Gyusto «Manchester Siti» futbolchisi bo'ladi. Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi «shahar» jamoasiga o'tishga rozi bo'lgan, uni yaxshi tanigan Enzo Mareska murabbiylik qiladi.

Endi klublar to'lov miqdori haqida kelishishi kerak. «Ko'klar» frantsuz uchun 50-55 million evro olishni xohlaydi.

Shuni eslatib o'tamizki, hozirda Gyusto Frantsiya terma jamoasi bilan Shimoliy Amerikada o'tayotgan jahon chempionatida. Chorshanba kuni «uch rangli» jamoa 1/16 final bosqichida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Mareska yangi mavsumdan «Siti»ning bosh murabbiyi bo'ladi.