Mashhur fransuz himoyachisi Elyakim Mangala professional faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi. 35 yoshli futbolchi o'z qarorini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

«Men turli mamlakatlarda o'ynadim, ko'plab odamlar bilan tanishdim, yangi tillarni o'rgandim. Bularning barchasi ajoyib hayot tajribasiga aylandi. Men juda omadliman», - dedi Mangala, o'z karerasi haqida gapirar ekan.

Himoyachi 2014-2019 yillarda «Manchester Siti» futbolkasi bilan tanilgan. «Shaharchilar» tarkibida Mangala Angliya Premyer Ligasi chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, fransuz «Valensiya», «Portu», belgiyalik «Standart» va boshqa jamoalarda ham o'ynagan. Mangalaning so'nggi ish joyi boliviya klubi «Oriente Petrolero» bo'ldi.