«PSJ» himoyachisi Emmanuel Mbemba Angliya Premyer Ligasinda karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Bournemouth» 18 yoshli «PSJ» futbolchisi uchun «Arsenal»ga qo'shildi. Ushbu yozda Mbemba parijliklardan erkin agent sifatida ketadi.

«Arsenal»ning taklifi himoyachiga kuchli taassurot qoldirgani aytilmoqda, lekin «Bournemouth» ham munosib taklif yuborgan.

O'tgan mavsumda Mbemba «PSJ» yoshlar jamoasi safida 28 ta o'yinda ishtirok etib, ikki gol urdi.

Eslatib o'tamiz, 2025/26 mavsum yakuniga ko'ra «Arsenal» Angliya chempioni bo'ldi.