Avvalgi «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klop Andoni Iraolaning merseysaydlik klubga murabbiy etib tayinlanishini sharhladi. Nemis mutaxassisi fikricha, ispaniyalik murabbiy muvaffaqiyatli ish olib borish uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarga ega, ammo uzoq muddatli natijalar faqat undan emas, balki boshqa omillardan ham kelib chiqadi.

«Andoni Iraola - ajoyib murabbiy, xuddi Arne Slot kabi. Lekin hamma narsa joyiga tushishi kerak. Jamoa va murabbiy uzoq yillar davomida bir-biriga mos kelishi zarur, buni amalga oshirish uchun esa omad ham kerak», - deydi Klop ESPN'ga.

«Men jamoaning o'tgan yili chempionatni yutganidan juda xursand bo'ldim. Keyin nima noto'g'ri ketganini bilmayman. Hech kim o'tgan mavsumdan mamnun emasdi, lekin shunga qaramay klub Chempionlar ligasiga chiqdi, bu ham katta yutuq», - deya qo'shimcha qildi nemis mutaxassisi.

«Liverpul» yangi APL mavsumini «Nyukasl»ga qarshi safarda boshlaydi, o'yin 23-avgustda bo'lib o'tadi.