Shved hujumchisi «Arsenal»dan Viktor D'yokereshning kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, «Atletiko»dan tashqari, D'yokereshga bir necha yetakchi evropalik klublar ham qiziqish bildirishgan. Biroq, ortib borayotgan qiziqishlarga qaramay, «Arsenal» hujumchini saqlab qolishni xohlayotganini aniq ko'rsatdi. «Kanonirlar» ushbu futbolchini sotmasligini bir necha bor ta'kidlagan.
2025/26 yilgi mavsumda D'yokeresh barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda 21 gol urdi va uchta golli pas berdi.
Esimizda bo'lsin, o'tgan yozda «Arsenal» 28 yoshli hujumchi uchun «Sporting»ga deyarli 70 million evro to'lagan.




