Londonning «Chelsi» jamoasi «Sanderlend» yarimhimoyachisi Granit Djakaga qiziqish bildirmoqda.
Agar mish-mishlarga ishonilsa, «ko'klar» £25 million (taxminan 30 million evro) to'lashga tayyor. Bu haqda taniqli insayder Ben Deykobs xabar bermoqda, ammo aslida londonliklar 33 yoshli futbolchi uchun bunday summani sarflashni rejalashtirmayapti. «Chelsi» rahbariyati yarimhimoyachining qiymatini ancha past baholamoqda.
Granit Djakka o'tgan yilning yozida Leverkuzendagi «Bayer»dan «Sanderlend»ga o'tgan. Avvalroq shveytsariyalik futbolchi Londonning «Arsenal» jamoasida o'ynagan.




