Braziliyalik yarimhimoyachi «Newcastle»dan Bruno Gimaraes «Liverpool» ro'yxatida joy olgan.
Jurnalist Ben Jacobsning ma'lum qilishicha, «Liverpool» Gimaraes haqida «soroklar»dan ma'lumot so'ragan, ammo hozirda faol muzokaralar olib borilmayapti. «Qizillar» avvalroq yarimhimoyachining vakillari bilan suhbatlashgan, lekin rasmiy taklif yubormagan. Hozirda, o'yinchi uchun raqobatda «Arsenal» oldinda, lekin «Newcastle» o'zining asosiy futbolchisini saqlab qolishni juda xohlaydi.
O'tgan mavsumda 28 yoshli Gimaraes barcha musobaqalarda 41 marta maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi.




