Qanot hujumchisi Matis Deturbe «Manchester Siti»ga «Trua»dan o'tdi. Tegishli ma'lumot fransuz klubining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Avvalroq «Trua» 19 yoshli Fransiya yoshlar terma jamoasi qanot hujumchisi uchun taxminan 25 million evro olishini xabar qilgan edi. Shartnoma imzolanganidan so'ng, Deturbe bir muddat «Monako»da ijarada o'tirishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Fransiyaning ikkinchi ligasida hujumchi 33 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta assist berdi. Mashhur Transfermarkt portali Deturbeni 15 million evroga baholamoqda.