Londondagi «Arsenal» Lissabonning «Sporting» jamoasining yarimhimoyachisi Morten Yulmann bilan qiziqmoqda.

«Kanonirlar» o‘rta maydonni kuchaytirishni izlayapti va so‘nggi paytlarda Angliya chempionlari Buno Gimarays, Sandro Tonali, Aleks Skott va boshqa yarimhimoyachilarga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko‘ra, Yulmann – «Arsenal» uchun alternativ variantlardan biri. Londondagi buyuk jamoa Daniyalik futbolchiga uzoqdan qarab kelmoqda.

Morten Yulmann uchun raqobatchilar qatorida «Milan», Madridning «Real», «Atletiko» va boshqa klublar ham nomlari tilga olingan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining narxi 45 million evroga baholangan.