22 yoshli yarimhimoyachi Aleks Skott, huquqlari «Bournemouth»ga tegishli, Angliya Premer-ligasidagi top klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail tabloidining jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yarimhimoyachini o'z safiga qo'shmoqchi bo'lganlar orasida «Manchester Yunayted» va londondagi «Arsenal» bor. «Vishniylar» esa, agar Skott uchun 70 million yevro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.
Aleks o'tgan mavsumda «Bournemouth» safida 39 ta o'yinda qatnashdi. Yarimhimoyachi 4 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi.




