«Tottenhem» o'z o'rta maydoniga Sandro Tonalini qo'shib olishga harakat qilmoqda, lekin «Nyuqasl» bilan muzokaralar oson kechmayapti. Daily Mail xabar berishicha, «shporlar» italiyalik futbolchi uchun 75 million funt (87 million yevro) miqdorida ikkinchi taklifni yuborgan. Biroq, Londondagi klub rad javobini oldi.
Ma'lum bo'lishicha, «Nyuqasl» 26 yoshli Tonalini taxminan 100 million funt (116 million yevro) deb baholamoqda. Hozircha «qora-oq»lar qabul qilinadigan taklifni olishmagan.
Sandro Tonali «Nyuqasl» uchun 110 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.




