Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi Felix Nmecha bir nechta top-klublarning e'tiborida. Nemis Sky jurnalisti Patrik Berger ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Manchester Yunayted» futbolchiga bo'lgan qiziqishini oshirgan.
Bundan tashqari, Felixning holatini «Manchester Siti», «Liverpul» va «Real» diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq, hozirda Nmecha jahon chempionatida ishtirok etishga e'tibor qaratgan.
25 yoshli Felix Nmecha mutaxassislar tomonidan Transfermarkt portalida 50 million evroga baholangan. Futbolchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.




