Markaziy himoyachi «Kristal Pelas»dan Maksans Lakrua «Chelsi»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin. Ushbu ma'lumotni jurnalist Nikolo Skira tarqatmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» 26 yoshli fransuz bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Agar transfer amalga oshsa, Lakrua klub bilan 2032 yilgacha mehnat shartnomasini imzolaydi. Endi poytaxt jamoasi «qarg'a»lar bilan kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Agar mish-mishlarga ishonilsa, bitim summasi 40 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Lakrua barcha musobaqalarda 55 marta maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.