Madriddagi «Real»ning yarimhimoyachisi Edvard Kamavinga ingliz «Liverpool»ning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Liverpool» «qaymoqlar»dan 23 yoshli yarimhimoyachi transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan. «Real» va Joze Mourinyo, xabarlarga ko‘ra, fransuz yarimhimoyachisi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Kamavinga o‘z karerasida yangi chaqiriqqa tayyor, «Real» esa yarimhimoyachini sotishi mumkin, chunki Londondagi «Chelsi»ning yulduzi Enzo Fernandesni sotib olishni xohlaydi.

2025/26 yilgi mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi va bir assist berdi.