Londondagi «Tottenxem» «Manchester Siti»ning qanot o'yinchisi Savio transferi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» hali «shahar» bilan kelishuvga erisha olmagan, ammo harakatlarini davom ettirmoqda. O'z navbatida, futbolchi London ko'chishiga roziligini ikki hafta oldin bergan.
O'tgan mavsumda 22 yoshli braziliyalik barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda ishtirok etib, to'rt marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va uchta golli uzatma berdi.
Savio ning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalining ekspertlari qanot o'yinchisini 35 million evroga baholamoqda.




