Yarim himoyachi Enthoni Gordon «Barselona»ga «Nyukasl»dan o'tdi.
Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyalik klub ingliz futbolchisi uchun 70 million evro to'lov qildi. Yana 10 million evro «sorokalar» bonus sifatida olishlari mumkin. Bonuslar ichida Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g'alaba qozonish kabi mukofotlar bilan bog'liq besh million evro mavjud. Gordon «sine-granatoviylar» bilan 2031-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi.
2025/26-yilgi mavsumda Enthoni Gordon «Nyukasl»da barcha musobaqalarda 46 o'yin o'tkazib, 17 gol urdi va besh golli uzatma berdi. U «sorokalar» safida 2023-yildan o'ynaydi.




