Himoyachi «Komo» Hakobo Ramon Angliyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
The Athletic ma'lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini «Chelsi» sotib olishga qiziqmoqda. Ispan futbolchisini Londondagi klubda ko‘rishni xohlayotgan yangi bosh murabbiy Xabi Alonsodir. Alonso 2018/19 yilgi mavsumda Hakobo bilan «Real»ning yoshlar jamoasida ishlagan, u ham himoyachining tarbiyasidan o‘tgan.
Hakobo Ramon 2025 yilda «Real»dan «Komo»ga ikki million evro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi italiyalik klubda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi. Transfermarkt portali Ramonning narxini 30 million evro deb baholamoqda.




