«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Dias Ispaniyada karerasini davom ettirishni o'ylamoqda.
Jurnalist Mario Kortegana ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchini «Real» qo'lga kiritishga qiziqmoqda. Futbolchi yozda Madrid klubiga o'tishni jiddiy ko'rib chiqmoqda. Biroq, «shaharchilar» o'z futbolchisini saqlab qolishni xohlamoqda.
Ruben Dias 2020 yilda «Benfika»dan «Manchester Siti»ga 71 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida himoyachi «shaharchilar» safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portalida portugaliyalik futbolchining narxi 55 million evroga baholanmoqda.




